Jahon | 09:14 / 27.02.2022
65287
4 daqiqa o‘qiladi
Urushning uchinchi kuni. Suratlar
Ukrainada qirg‘inbarot urush davom etmoqda. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan uch kun ichida mamlakatni 150 ming kishi tark etgan. Ukraina hukumati harbiy harakatlar boshlanganidan buyon 3500 rossiyalik harbiy halok bo‘lganini ma’lum qilgan (Rossiya tomoni o‘z yo‘qotishlarini tasdiqlamayapti). Ukraina sog‘liqni saqlash vazirligi tinch aholi vakillaridan 198 kishi aholi turar joylariga berilgan zarbalar qurboniga aylanganini ma’lum qilgan. Quyidagi materialda urushning uchinchi kuni davomida olingan suratlar jamlangan.