Jahon | 10:37 / 27.02.2022
8511
2 daqiqa o‘qiladi

Ukraina SSV: bosqin boshlanganidan buyon 198 kishi halok bo‘ldi, shundan uch nafari bolalar

Foto: Anastasiya Vlasova / Getty Images

Ukraina sog‘liqni saqlash vazirligi Viktor Lyashko Rossiyaning hujumlari oqibatida 198 kishi, jumladan uch nafar bola halok bo‘lgani to‘g‘risida ma’lumot berdi.

«Afsuski, operativ ma’lumotlarga ko‘ra, bosqinchilar qo‘lidan 198 kishi halok bo‘lgani to‘g‘risidagi ma’lumotga egamiz, shundan 3 nafari bolalar. 1115 kishi yaralangan, shundan 33 nafari bolalar», — deya yozgan Lyashko feysbukda.

U gap faqat tinch aholi orasida qurbonlar haqida yoki umumiy yo‘qotishlar haqida ketayotganiga aniqlik kiritmagan, mahalliy nashrlar yozishicha, vazir faqat tinch aholi orasidagi yo‘qotishlar bo‘yicha ma’lumot bergan.

  • 25 fevralga o‘tar kechasi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya bosqinining birinchi kunida Ukraina harbiy xizmatchilaridan 137 nafari halok bo‘lganini ma’lum qilgandi. BMTning 25 fevral tongidagi ma’lumotlarida tinch aholi vakillaridan kamida 25 kishi qurbon bo‘lgani aytilgandi.
  • 26 fevral kuni Ukraina prezidenti ofisi rossiyalik harbiy xizmatchilardan 3500 nafari halok bo‘lganini ma’lum qildi. RF mudofaa vazirligi hamon Ukrainadagi harbiy amaliyoti vaqtidagi yo‘qotishlari to‘g‘risida ma’lumot bermay kelmoqda.

Mavzuga oid