Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainadagi elchixona o‘zbekistonliklar Moldova orqali ham evakuatsiya qilinishi mumkinligini ma’lum qildi
O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi mamlakatni tark etish uchun Moldovaga ketmoqchi bo‘lgan fuqarolarga murojaat bilan chiqdi.
Qayd etilishicha, Moldova hududiga kirish borasida so‘rovlar kelib tushgan. Elchixona xavfsizlik tamoyilidan kelib chiqib, fuqarolar uchun Moldovaga borish osonroq bo‘lsa, ushbu variantni ko‘rib chiqishlari lozim ekanini bildirgan.
«Moldovada bizning elchixonamiz mavjud emasligi va mamlakatning aviatsiya maydoni havo qatnovi uchun yopiq ekanini ma’lum qilamiz. Hozirda ushbu mamlakatda bo‘lgan fuqarolarga yordam berish uchun shtab tashkil etilmoqda. Shtabning aloqa uchun ma’lumotlari qo‘shimcha ravishda joylashtiriladi», deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Ukraina hududida 4300 ga yaqin O‘zbekiston fuqarosi borligini ma’lum qilgandi.
O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi 26 fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:30 da O‘zbekistonning 90 nafardan ziyod fuqarolaridan iborat birinchi evakuatsiya guruhi Lvovdan «Krakovets» nazorat-o‘tkazish punkti yo‘nalishi bo‘ylab yo‘lga chiqqani haqida xabar berdi.
Keyinroq elchixona mamlakatdagi o‘zbekistonlik fuqarolarni evakuatsiya qilish ishlari haqida qo‘shimcha ma’lumot berdi. Unda aytilishicha, chegarani kesib o‘tish uzoq vaqt oladi, birinchi guruh uchun bu jarayon 14 soat davom etgan.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025