O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni to‘g‘ridan to‘g‘ri muntazam aviaqatnovni yo‘lga qo‘ymoqchi
Joriy yilning 27 fevral kuni videokonferensiya tarzida O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umrzoqov hamda Saudiya Arabistoni investitsiyalar vaziri Xolid al–Falih o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda energetika infratuzilmasini rivojlantirish sohasiga Saudiya Arabistoni qo‘shimcha investitsiyalarini jalb qilish imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi. O‘zbekistonda qariyb 3 milliard dollarlik loyihalarni amalga oshirayotgan Saudiya Arabistonining "Acwa Power" kompaniyasining bu borada alohida o‘rni borligi ta’kidlandi.
Saudiya Arabistoni tomoni O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi, kimyo va neft kimyosi, shuningdek metallurgiya sohalarida qo‘shimcha loyihalarni amalga oshirish uchun investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha yaqin hamkorlikka tayyorligini bildirdi.
Joriy yilda hukumat komissiyasi yig‘ilishi, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasida ishbilarmonlar kengashi qo‘shma yig‘ilishi, Ar-Riyoz va Jiddada “Made in Uzbekistan” o‘zbek mahalliy mahsulotlari ko‘rgazmasini tashkil etish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasida muntazam ravishda to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘lovchi havo kemalari qatnovini yo‘lga qo‘yish orqali o‘zaro turistik oqimlarni ko‘paytirish masalalariga to‘xtalib o‘tildi.
Mavzuga oid
08:10 / 12.11.2024
O‘zbekistonga Saudiya kompaniyalarining qariyb 2,5 mlrd dollarlik investitsiyalari jalb etiladi
19:01 / 11.11.2024
O‘zbekiston va Saudiya bosh prokurorlari tergov va axborot almashinuvida hamkorlik bo‘yicha kelishuv imzoladi
09:25 / 11.11.2024
Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi
18:01 / 10.11.2024