O‘zbekiston | 21:55 / 28.02.2022
3650
1 daqiqa o‘qiladi

Transport vazirligi: Ukrainadan evakuatsiya qilinayotgan fuqarolar uchun aviachiptalar bepul

Ayrim ijtimoiy tarmoqlarda Ukrainadan evakuatsiya qilinayotgan O‘zbekiston fuqarolari uchun maxsus aviareyslarga chiptalar sotilayotgani to‘g‘risida yolg‘on ma’lumotlar tarqatilmoqda, deya ma’lum qildi O‘zbekiston Transport vazirligi.

Foto: Kun.uz

Vazirlik fuqarolardan bu xabarga ishonmaslikni so‘radi. “Maxsus aviareyslar O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan bepul tashkil etilayotganini ma’lum qilamiz”, – deyiladi rasmiy axborotda.

“Hozirda Polshaning Katovitse shahridan “Uzbekistan Airways” AJ tomonidan bajarilayotgan maxsus aviaqatnovlar orqali O‘zbekistonga olib kelinayotgan fuqarolardan aviachipta uchun hech qanday to‘lov undirilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, Ukrainadagi O‘zbekiston fuqarolarini evakuatsiya qilish hamda maxsus aviareyslar orqali mamlakatimizga jo‘natish ishlari Tashqi ishlar vazirligi tomonidan muvofiqlashtirilmoqda” – deya qo‘shimcha qilgan Transport vazirligi axborot xizmati.

Dastlabki evakuatsiya guruhi yaqin soatlarda Toshkentga qo‘nishi kutilmoqda.

Avvalroq O‘zbekiston elchixonasining Xarkovdan fuqarolarni evakuatsiya qilayotgan mikroavtobusiga snaryad parchasi kelib urilgani, hech kim jabrlanmagani ma’lum qilingandi.

Аброр Зоҳидов
Tayyorlagan Аброр Зоҳидов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid