Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT Ukraina ichida uylarini tark etishga majbur bo‘lganlar sonini 1 millionga yaqin deb baholadi
BMTning qochqinlar ishlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi Ukraina ichida 1 millionga yaqin kishi uylarini majburan tark etganini ma’lum qildi.
"Qo‘shni mamlakatlarga ketayotganlarga ko‘p e’tibor berildi, ammo vaziyat ta’sir qilgan va Ukrainada qolayotgan ko‘plab odamlarni ham eslash kerak", - dedi BMTning qochqinlar ishlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasining Ukraina bo‘yicha vakili Lindxolm Billing.
"Bizda Ukraina ichida ko‘chishga majbur bo‘lganlar soniga oid aniq raqamlar hozircha yo‘q, ammo biz 1 millionga yaqin kishi uylarini tark etgan va mamlakat ichida qolgan deb baholaymiz", - dedi u.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
11:22 / 28.05.2025
Germaniyadagi qochqinlar soni 3,5 million kishiga yetdi
20:37 / 27.05.2025