O‘zbekiston | 08:51 / 01.03.2022
6822
2 daqiqa o‘qiladi

O‘tgan dam olish kunlari Qamchiq dovonida uchta mashina xandaqqa tushib ketdi – video

Uchta holatda haydovchilar boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida mashina yo‘l chetidagi xandaqqa tushib ketgan. Bu haqda FVV axborot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, birinchi YTH yakshanbaga o‘tar kechasi “Toshkent-O‘sh” xalqaro avtomobil yo‘lining 250-kilometrida, Qamchiq dovonida sodir bo‘ldi. Gentra rusumli avtomashina haydovchisi rulda uxlab qolgan, natijada u yo‘l bo‘yidagi xandaqqa tushib ketgan. Voqea joyiga zudlik bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligining “Qamchiq” maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasining qutqaruv guruhi yetib kelgan. Maxsus texnika yordamida avtomobil yo‘lga chiqarilgan. Avtomobil haydovchisiga jiddiy tan jarohati yetmagan.

Shuningdek, taxminan yo‘lning o‘sha qismida, bir necha soatdan keyin yana ikkita YTH yuz berdi. Avvaliga Gentra, keyin esa Nexia yo‘l bo‘yidagi xandaqqa tushib ketgan. Ikkala holatda ham avtomobil haydovchilari boshqaruvni yo‘qotgan. Asosiysi, ikkala hodisa ham qurbonlar va jarohatlarga olib kelmadi. Qutqaruvchilar tomonidan avtomashinalar yo‘lga chiqarib, haydovchilarga amaliy yordam ko‘rsatilgan.

Avvalroq, Qamchiq dovonida Lacetti xandaqqa tushib ketgani xabar qilingan edi.

Mavzuga oid