Jahon | 14:23 / 01.03.2022
25020
2 daqiqa o‘qiladi

Qodirov Ukrainadagi janglarda halok bo‘lgan dastlabki chechenlar haqida ma’lum qildi

Uning ma’lumot berishicha, ikki nafar chechen askari halok bo‘lgan, olti nafar askar turli darajada tan jarohati olgan.

Foto: TASS

Rossiyaning Ukrainadagi maxsus operatsiyasi davomida chechen harbiylari orasida dastlabki yo‘qotishlar bor. Bu haqda Checheniston rahbari Ramzan Qodirov o‘z Telegram-kanalida ma’lum qildi.

Uning yozishicha, ikki nafar chechen askari halok bo‘lgan. Shuningdek, olti nafar askar turli darajada tan jarohati olgan.

«Ha, urushda o‘ldirishadi va bu ularning kasb tanlovi edi. Bu yigitlar mamlakat xavfsizligi uchun jonini qurbon qilib qahramon bo‘lishni tanlashgan. Ularga Ukraina fuqarolari orasidagi yo‘qotishlarni kamaytirish buyurilgandi va ular bu buyruqni bajarishdi...», - deb yozdi Qodirov.

Qodirov shuningdek, Ukraina fuqarolarini «o‘z mamlakatlarining egasiga aylanishga» va «Yevropa targ‘ibotchilari tarafdorlariga qarshi kurashish»ga chaqirdi.  

Rossiya 24 fevral kuni Ukrainada maxsus amaliyot boshlashini e’lon qildi. Rossiya va Ukraina harbiylari o‘rtasidagi to‘qnashuvlar davom etmoqda.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid