O‘zbekiston | 07:32 / 01.03.2022
2999
2 daqiqa o‘qiladi

Ukraina hududida bo‘lgan 1500 dan ziyod O‘zbekiston fuqarosi Polsha orqali evakuatsiya qilinadi

Foto: Dunyo

O‘zbekistonning Polshadagi elchisi Bahrom Boboyev «Dunyo» uchun intervyusida Ukraina hududida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolarini Katovitse shahri orqali evakuatsiya qilish jarayoni haqida so‘zlab berdi. 

Bahrom Boboyevga ko‘ra, 26 fevraldan hozirgi kungacha 800 dan ortiq O‘zbekiston fuqaroci Polsha hududidagi Ukraina-Polsha chegarasidagi nazorat-o‘tkazish punkti orqali o‘tgan. 

Qayd etilishicha, yana 400 ga yaqin O‘zbekiston fuqarosi Ukraina-Polsha chegarasini kesib o‘tishni kutmoqda. Bundan tashqari, 300-400 nafar O‘zbekiston fuqarosi Ukrainaning Lvov shahrida chegarani kesib o‘tishga hozirlik ko‘rmoqda. 

28 fevral kuni «Uzbekistan Airways»ning ikkita maxsus reysi tashkil etilgan bo‘lib, bu 480 dan ortiq fuqarolarga vataniga qaytish imkonini bergan. Parvozlar har kuni tashkil etilishi bildirilgan.

Bahrom Boboyevning aytishicha, O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasi xodimlari fuqarolarning yuzaga kelayotgan muammolari bilan shug‘ullanmoqda, aeroportda ularning yig‘ilishini nazorat qilmoqda. Kecha-yu kunduz ishlaydigan shtab ishi yo‘lga qo‘yilgan. Fuqarolarning chegarada vaqtincha bo‘lishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid