Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainadan evakuatsiya qilingan o‘zbekistonliklarning navbatdagi guruhi olib kelindi
1 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 15:05 da Polshaning Katovitse shahridan parvoz etgan samolyot 20:40 da poytaxtga kelib qo‘ndi.
Transport vazirligi xabariga ko‘ra, “Uzbekistan Airways” AJning Boeing 767 havo kemasida amalga oshirilgan uchinchi maxsus reys bilan 253 nafar fuqaro vatanga olib kelindi.
Olib kelinganlarning 54 nafari bolalar va 12 nafari chaqaloqlar (go‘daklar).
Hozirga qadar Polshaning Katovitse shahridan amalga oshirilgan maxsus reyslar orqali jami 762 nafar fuqarolar O‘zbekistonga olib kelindi.
1 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 9:15 da Ukrainadan evakuatsiya qilingan 258 nafar o‘zbekistonlikni Polshaning Katovitse shahridan olib kelgan navbatdagi maxsus samolyot poytaxtga qo‘ngandi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025