Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonliklar bilan oila qurgan boshqa davlat fuqarolari Ukrainadan pulli asosda evakuatsiya qilinishi mumkin - TIV
Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Yusuf Qobuljonov Ukraina fuqaroligini olgan o‘zbekistonliklarning evakuatsiya masalasi bo‘yicha ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, vazirlikka Ukraina fuqaroligini olgan yoki aralash nikohdagi oila vakili bo‘lgan o‘zbekistonliklar ham O‘zbekistonga evakuatsiya qilinishi haqida savol kelib tushgan.
«Barcha insonlarga urush hududini imkon qadar tezroq tark etib, Lvov shahriga borish tavsiya etilmoqda. O‘zbekistonning Kiyevdagi elchixonasi ularni Lvovdagi to‘planish nuqtasidan «Krakovets» (Polsha) nazorat-o‘tkazish punktigacha yetkazishga yordam beradi.
Aralash nikohlar guruhi vakillarini O‘zbekistonga evakuatsiya qilish imkoniyati bo‘yicha so‘rovlarga javoban elchixona ushbu shaxslar O‘zbekiston fuqarolari olib chiqib ketilganidan so‘ng, ehtimol, pullik asosda evakuatsiya qilinishi mumkinligi haqida tushuntirishlar bermoqda», deydi TIV rasmiysi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025