Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 20:33 / 03.03.2022
22856
1 daqiqa o‘qiladi
Ukraina parlamenti mamlakatga BMT tinchlikparvar kuchlari kiritilishini so‘radi
Ukrainalik deputatlar shuningdek, BMT bosh kotibini urushni to‘xtatishda vositachilik qilishga chaqirgan.
Foto: AP
Ukraina parlamenti BMT, Qizil xoch, Yevroparlament va boshqa xalqaro tashkilotlarga zudlik bilan mamlakat aholisi himoyasini ta’minlashni so‘rab murojaat qildi.
Mamlakat Oliy radasi xalqaro hamjamiyatdan quyidagilarni so‘radi:
- Ukraina ustida parvoz qilish taqiqlangan hudud joriy etish;
- odamlarni xavfsiz tarzda evakuatsiya qilish uchun «yashil» yo‘laklar tashkil qilish;
- Ukrainaga BMT Bosh assambleyasi asosida tinchlikparvar kuchlarni kiritish.
Bundan tashqari, deputatlar BMT bosh kotibini urushni to‘xtatishda vositachilik qilishga chaqirgan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025