Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada harbiylar harakati haqida feyk ma’lumot tarqatganlar 15 yilga qamalishi belgilandi
Rossiya davlat dumasi feyk (soxta) ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunni bir ovozdan qabul qildi.
Endi Rossiya qurolli kuchlarining harakatlari haqida soxta ma’lumotlarni tarqatgan shaxslar 15 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
«RIA Novosti» xabariga ko‘ra, yangi qonun bilan quyidagi jazo choralari belgilanmoqda:
- ataylab feyk ma’lumot tarqatganlik: 700 ming rubldan 1,5 million rublgacha jarima yoki 3 yilgacha qamoq;
- mansabdor shaxslar, uyushgan guruh tomonidan sun’iy dalillar yaratgan holda yoki nafrat yoki adovat asosida yaratilgan qasddan yolg‘on soxta ma’lumotlar uchun: 3 milliondan 5 million rublgacha jarima yoki 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish;
- og‘ir oqibatlarga olib kelgan qasddan tarqatilgan yolg‘on ma’lumotlar uchun: 10 yildan 15 yilgacha koloniya;
- Rossiya manfaatlarini himoya qilish, tinchlik va xavfsizlikni saqlash uchun Rossiya qo‘shinlaridan foydalanishga to‘sqinlik qilish yoki uni obro‘sizlantirish bo‘yicha chaqiriqlar uchun (agar qoidabuzar bir yil davomida buning uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgan bo‘lsa): 100 mingdan 300 ming rublgacha jarima yoki 3 yilgacha koloniya;
- agar bunday chaqiriqlar yoki obro‘sizlantirish jiddiy oqibatlarga olib kelgan bo‘lsa: 300 ming rubldan 1 million rublgacha jarima yoki 5 yilgacha koloniya;
- Rossiyaga qarshi sanksiyalar qo‘llash chaqiriqlari uchun (agar qoidabuzar bir yil davomida buning uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgan bo‘lsa): 500 ming rublgacha jarima yoki 3 yilgacha koloniya.
Mavzuga oid
20:47 / 22.05.2025
AQSh gazetasi SI tomonidan o‘ylab topilgan soxta kitoblar ro‘yxatini chop etdi
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025