Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘ona – So‘x – Farg‘ona yo‘nalishida aviaqatnovlar soni ko‘paytiriladi
7 martdan boshlab Farg‘ona – So‘x – Farg‘ona yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlar haftasiga 4 marotabadan amalga oshiriladi. Bu haqda O‘zbekiston Transport vazirligi axborot xizmati Kun.uz’ga xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, parvozlar haftaning dushanba, chorshanba, juma va yakshanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Qatnovlar “Humo air” MChJning An-2 havo kemasida bajariladi.
«Farg‘ona – So‘x yo‘nalishida parvoz mahalliy vaqt bilan soat 10:00 da va So‘x – Farg‘ona yo‘nalishida esa soat 12:00 da amalga oshiriladi.
Aviachipta narxi esa bir tomonga 150 000 so‘m etib belgilangan», - deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, 2021 yilning 12 dekabridan boshlab Farg‘ona – So‘x – Farg‘ona yo‘nalishida haftasiga ikki marotaba yo‘lovchi tashuvlari uchun muntazam parvozlar yo‘lga qo‘yilgan edi.
Mavzuga oid
11:02 / 23.05.2025
4 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan metan zapravka aniqlandi
19:58 / 21.05.2025
Yaypanda shunday oshxona bor: Osh salat, non va choyi bilan 8 ming, sho‘rva esa 10 ming so‘m
12:13 / 06.05.2025
So‘x va Shohimardonga avtomobilda o‘tib-qaytishda muammo yuzaga keldi
21:41 / 25.04.2025