Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polsha orqali Ukrainadan evakuatsiya qilingan O‘zbekiston fuqarolari soni 3 685 nafarga yetdi
Ukrainadan Polshaning Katovitse aeroporti orqali 5-6 mart kunlari 440 nafar O‘zbekiston fuqarosi, shu jumladan, 88 nafar ayollar, 59 nafar voyaga yetmagan shaxs va 20 ta chaqaloq olib kelindi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili xabar qildi.
Qayd etilishicha, 28 fevraldan 5 martga qadar 16 ta aviareys tashkillashtirilgan. Urush bo‘layotgan joylardan 3 ming 685 nafar o‘zbekistonlik qaytarilgan. 6 martga qator reyslar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Polsha hududida mamlakatning 850 dan ortiq fuqarosi qolmoqda. Ulardan 50 nafari Polsha davlat chegarasidagi to‘planish nuqtasiga, qariyb 800 nafari esa Katovitse aeroportiga joylashtirilgan.
«O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi vatandoshlar bilan doimiy muloqot olib bormoqda. Diplomatlar Ukrainaning turli nuqtalarida, shu jumladan, jang harakatlari davom etayotgan hududlarda bo‘lib, fuqarolarimizni evakuatsiya qilish ishlarini amalga oshirmoqdalar», — deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025