Jahon | 10:55 / 06.03.2022
24439
5 daqiqa o‘qiladi

Harbiy tayyorlov markaziga aylangan teatr. Urush suratlari

Urushning to‘qqizinchi kuni, 4 martda ham Rossiya armiyasi o‘t ochishda davom etdi, aholi yashash manzillariga ham snaryadlar kelib tushdi — turar joylar, madaniy markazlar va maktablar vayron bo‘lmoqda. BMTning Inson huquqlari kengashi Ukrainada tinch aholi vakillaridan 350 nafardan ziyod kishi halok bo‘lib, kamida 675 kishi yaralanganini ma’lum qilgan. Haqiqiy raqamlar bundan ko‘proq bo‘lishi mumkinligi istisno etilmagan. Ukrainani tinch aholi tark etishi davom etdi.

Kiyevda rossiyalik harbiy asirlar ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi, poytaxtdan Lvovga evakuatsiya jarayoni davom etmoqda. Shahardagi obektlarni hujumlarga tayyorlashmoqda — tarixiy binolarning derazalari mustahkamlanmoqda, haykallar olovdan himoya qiluvchi materiallar bilan o‘rab qo‘yilmoqda.

Quyida urushning so‘nggi ikki kunida bo‘lib o‘tgan voqealarni ifodalovchi suratlar.

Kiyev yaqinidag Irpen shahridagi uylardan biri yonmoqda. Foto: Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA
Rossiyaliklarning zarbalari oqibatida Jitomirdagi maktab binosi vayron bo‘ldi
Viacheslav Ratynskyi / Reuters / Scanpix / LETA
Tinch aholi vakillari Kiyevni tark etmoqda. Foto: ​​​​​​Sergei Supinsky / AFP / Scanpix / LETA
Ukrainalik askar Kiyevdagi vokzalda Lvovga ketadigan poyezdga chiqishga oshiqayotgan olomonni tartib saqlashga chaqirishga behuda urinmoqda
Emilio Morenatti / AP / Scanpix / LETA
Skviredagi supermarketning bo‘shab qolgan tokchalari, Kiyev oblasti.
Thomas Peter / Reuters / Scanpix / LETA
Vishne-Nemetskdagi lagerga joylashgan ukrain qochqinlari, Slovakiya
Christopher Furlong / Getty Images
Ukraina hududiy mudofaa kuchlari harbiy xizmatchisi Kiyevdagi blokpostda
Mikhail Palinchak / Reuters / Scanpix / LETA
Jitomir oblasti shimolida asir tushgan rus harbiylari. Foto: Vyacheslav Ratinskiy / UNIAN
Mahalliy aholi qoplarga qum to‘ldirmoqda. Ulardan Kiyevga olib boruvchi yo‘llarda o‘rnatilgan blokpostlarni mustahkamlashda foydalaniladi
Dmytro Smolenko / Ukrinform / Zuma / Scanpix / LETA
Kiyev oblasti Bishev posyolkasidagi madaniy va jamoatchilik markazlari ham rus raketalari zarbasiga uchradi
Maksim Levin / Reuters / Scanpix / LETA
Kiyevdan g‘arbda joylashgan Bucha yo‘lida yakson etilgan rus harbiy texnikalari
Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA
Kiyev oblasti, Sitnyaki qishlog‘idagi yonilg‘i quyish shoxobchasiga kelgan Ukraina harbiy xizmatchilari
Anastasia Vlasova / Getty Images
Sitnyaki qishlog‘idagi janglarda yakson qilingan texnika qismlari. Foto: Anastasia Vlasova / Getty Images
Kiyevda asirga olingan rus askarlarining matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Ular rossiyaliklarni Ukrainadagi urushni to‘xtatishga chaqirdi
Foto: Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETA
Qo‘lga olingan Rossiya texnikalaridagi Z belgisi Ukraina bayrog‘i ranglari bilan bo‘yab tashlangan
Foto: Ukraina armiyasi matbuot xizmati / Reuters / Scanpix / LETA
Ukrainalik qochqinlar Kiyevni tark etmoqda. ​​​​​​Foto: Sergey Dolzhenko / EPA / Scanpix / LETA
Irpen daryosi orqali Irpen shahridan chiqib ketishga urinayotgan ukrainaliklar vayron bo‘lgan ko‘prik ostida to‘plangan, Kiyev oblasti
Emilio Morenatti / AP / Scanpix / LETA
Ukraina harbiylari aholini evakuatsiya qilish chog‘ida keksa ayolni Kiyev atrofidagi Irpen daryosidan olib o‘tmoqda
Emilio Morenatti / AP / Scanpix / LETA
Kiyev osmonida raketa tutuni izi
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
54 yoshli Igor Majayev uyining xarobalari orasida. Igor xotini va 12 yoshli qizini yo‘qotdi. Kiyev oblasti, Marxalevka qishlog‘i
Anastasia Vlasova / Getty Images
Ukrain ko‘ngillilari Lvovdagi kinoteatrda quroldan foydalanishga o‘rgatilmoqda.
Felipe Dana / AP / Scanpix / LETA
Lvovdagi haykallar yong‘indan va snaryad parchalaridan himoya qilish uchun olovga chidamli material bilan o‘ralgan.
Daniel Leal / AFP / Scanpix / LETA
Lvovdagi avliyo Bibi Maryam ibodatxonasining vitrajli (surat solingan) oynalari. Ko‘ngillilar madaniy obektlar va tarixiy binolarni saqlab qolishga urinmoqda. Foto: Dan Kitwood / Getty Images
Poyezd Lvovdagi asosiy temiryo‘l vokzalidan Yevropa tomon yo‘l oldi. BMT ma’lumotiga ko‘ra, urushning 10 kunida Ukrainani 1,2 million qochqin tark etgan. Foto: Dan Kitwood / Getty Images
Kiyevdagi sharqiy front chizig‘i yaqinida turgan hududiy mudofaa otryadi a’zosi. Foto: Chris McGrath / Getty Images

 

Mavzuga oid