Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksikada muxlislar o‘rtasidagi mushtlashuv tufayli o‘yin to‘xtatildi. 22 kishi jarohatlangan, ulardan 2 nafari og‘ir ahvolda
Meksika chempionati doirasidagi «Keretaro» – «Atlas» o‘yini 62-daqiqada muxlislar o‘rtasidagi mushtlashuv tufayli to‘xtatildi.
Mushtlashuv bir necha daqiqadan so‘ng futbol maydonida davom etdi. Xavfsizlik xodimlari muxlislar, jumladan, ayollar va bolalar tribunani tark etishlari uchun maydondagi darvozalarni ochishdi.
Ba’zilar bir-birlarini armatura va stullar bilan urishgan. Tartibsizliklar natijasida 22 kishi jarohatlangan, ulardan 9 nafari shifoxonaga yotqizilgan, 2 nafarining ahvoli og‘ir, deb yozadi Sky Spors.
Ayrim manbalar esa 17 kishi halok bo‘lgani haqida xabar bermoqda.
Mavzuga oid
09:14 / 27.04.2025
Toshkentda yigit o‘ziga tanish qizni kaltakladi, maktablardan birida esa ikki o‘quvchi janjallashdi
23:57 / 17.03.2025
Akmal Shukurov Qozog‘istonda ushlandi
13:46 / 17.03.2025
Toshkentda tanishini himoya qilishga uringan shaxs kuchli zarbadan so‘ng komaga tushib qoldi
07:32 / 18.06.2024