Jahon | 20:08 / 07.03.2022
65512
1 daqiqa o‘qiladi

Peskov Rossiyaning Ukrainaga shartlarini ma’lum qildi

Kreml vakilining so‘zlariga ko‘ra, Ukraina konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritishi va “biror-bir blokka kirish da’vosidan” voz kechishi, Qrimni Rossiyaniki, DXR va LXRni mustaqil davlatlar deb tan olishi lozim.

Foto: Sergey Fadeichev/TASS

Agar Kiyev Moskvaning shartlarini bajarsa, Rossiya maxsus operatsiyani “bir lahzada” to‘xtatishi mumkin, dedi RF prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

“Ularga bularning bari bir lahzada to‘xtashi mumkinligi aytildi”, - deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirgan Reyter agentligi.

Kreml vakilining so‘zlariga ko‘ra, Ukraina konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritishi va “biror-bir blokka kirish da’vosidan” voz kechishi kerak.

Bundan tashqari, Ukraina Qrimni Rossiyaniki, DXR va LXRni mustaqil davlatlar deb tan olishi lozim.

“Biz Ukrainani demilitarizatsiya qilishni yakunlayapmiz. Ular jangovar harakatlarni to‘xtatishlari kerak”, - deb ta’kidladi u.

Mavzuga oid