Jahon | 18:46 / 07.03.2022
13552
1 daqiqa o‘qiladi

Ukraina va Rossiya TIV rahbarlari Turkiyada muzokara o‘tkazadi

10 mart kuni Ukraina va Rossiya tashqi ishlar vazirlari Dmitriy Kuleba va Sergey Lavrov Antalyadagi diplomatik forum doirasida muzokara o‘tkazadi. Bu uchrashuv o‘tkazilishi haqida Turkiya TIV rahbari Mavlud Chovusho‘g‘liga asoslangan holda Daily Sabah xabar bermoqda.

RF Turkiyada Chovusho‘g‘li ishtirokida vazirlar uchrashuvi o‘tkazilishi to‘g‘risidagi ma’lumotni tasdiqlagan. Bu borada Turkiya va Rossiya prezidentlari Rajab Toyyib Erdo‘g‘an va Vladimir Putin o‘rtasida 6 mart kuni bo‘lib o‘tgan telefon muloqotida kelishib olingan.

Ukraina tomoni hozircha bu uchrashuvda qatnashigini tasdiqlamadi.

Turkiya 4 mart kuniyoq muzokaralar o‘tkazish tashabbusini bildirgandi. Keyingi kuni Kuleba Lavrov bilan uchrashuv «muzokaralar jarayonining umumiy doirasiga to‘g‘ri kelsa», bunday uchrashuvdan bosh tortmasligini bildirgandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid