Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moldovadagi o‘zbekistonliklarni olib chiqish masalasini ishlab chiqish boshlandi - TIV
Moldova hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarini olib chiqish masalasini ishlab chiqish boshlandi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar qildi.
Qayd etilishicha, 2022 yil 7-8 mart kunlari Ukrainadan Polshaning Katovitse aeroporti orqali 428 nafar O‘zbekiston fuqarosi, shu jumladan 69 nafar ayol, 48 nafar voyaga yetmagan shaxs va 11 nafar chaqaloq olib kelindi.
28 fevraldan 8 martga qadar 21 ta aviareys tashkillashtirildi hamda urush bo‘layotgan joylardan 4 787 nafar o‘zbekistonlik qaytarildi.
Ma’lum qilinishicha, 8 mart kuni yana ikkita reys amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
“Shu bilan birga, Moldova Respublikasi hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarini olib chiqish masalasini ishlab chiqish boshlandi”, deyiladi TIV xabarida.
Bundan oldin, O‘zbekiston va Rossiya Mudofaa vazirligi Ukrainada qolib ketgan yuk tashuvchilarning Rossiya chegarasidan o‘tishi masalasi ustida ishlayotgani ma’lum qilingandi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025