O‘zbekiston | 10:15 / 08.03.2022
10218
1 daqiqa o‘qiladi

Ozoda Jo‘rayeva uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziriga o‘rinbosar bo‘ldi

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligida o‘zgarishlar amalga oshirildi. Bu haqda “Nigoh” kanali xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Nazirjon Nazirov uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Uning o‘rniga Ozoda Jo‘rayeva tayinlandi. U shu kungacha Navoiy shahridagi “Humo Zilola barhayot” professional boshqaruv kompaniyasi rahbari sifatida faoliyat yuritgan.

Ozoda Jo‘rayeva 5 mart kuni prezident farmoniga muvofiq “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan.

Ma’lumot uchun, Nazirjon Nazirov 2017 yildan buyon uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgandi.

Sherzod Hidoyatov hozirgi vaqtda uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri sifatida ishlab kelmoqda. Uning uch nafar o‘rinbosari bor - Sohib Saifnazarov (vazir birinchi o‘rinbosari), Qurbon Tursunov (vazir o‘rinbosari), Nazirjon Nazirov (endilikda vazir sobiq o‘rinbosari).

Mavzuga oid