Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xuddi kinolardagiday: Qashqadaryoda Spark bilan to‘qnashib ag‘darilgan Epica haydovchisi qochib ketdi
Epica haydovchisi katta tezlikda harakatlangan va boshqaruvni yo‘qotgan. Oqibatda u Spark bilan to‘qnashib, yo‘l chetiga ag‘darilib ketgan.
Viloyat IIB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 8 mart kuni soat 23:30 larda Yakkabog‘ tumani Amir Temur ko‘chasida Spark va Epica mashinalari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Aniqlanishicha, fuqaro F.M.ga tegishli bo‘lgan Epica mashinasini hozirda shaxsi noma’lum bo‘lgan haydovchi boshqarib ketayotib, tezlikni oshirib, boshqaruvni yo‘qotgan. Oqibatda, Epica yo‘l chetida turgan Q.U.ga tegishli Spark mashinasiga borib urilgan va yo‘l chetiga ag‘darilgan.
Shundan so‘ng Epica mashinasi haydovchisi YTH sodir bo‘lgan joydan qochib ketgan.
Qayd etilishicha, hozirda holat yuzasidan Yakkabog‘ tuman IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
19:37 / 23.04.2025
Qashqadaryoda 14 yoshli o‘smir boshqaruvidagi Gentra YTHga uchradi. Qurbonlar bor
16:04 / 26.03.2025
Shahrisabz aeroporti faoliyatini tikladi
23:40 / 14.03.2025