O‘zbekiston | 18:02 / 10.03.2022
1841
2 daqiqa o‘qiladi

Navoiyda radioaktiv modda sotmoqchi bo‘lgan shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Ular 250 gr radioaktiv moddani 50 ming AQSh dollariga pullamoqchi bo‘lishgan.

Foto: IIV

IIV JQBB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasining ma’lum qilishicha, 2022 yilning 4 mart kuni Navoiy viloyati IIBga fuqaro ariza bilan murojaat qilib, Navbahor tumanida yashovchi ikki nafar shaxs noqonuniy ravishda «Radiy» moddasini 50,000 AQSh dollariga sotmoqchi ekanligini ma’lum qilgan. 

5 mart kuni viloyat IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi, DXX Navoiy viloyati boshqarmasi hamda Navbahor tumani IIB xodimlari hamkorligida tezkor reyd o‘tkazilgan. Tadbir jarayonida tumanning Qalqonota mahallasi hududida ikki nafar shaxs 1 dona shisha idishga joylashtirilgan «Radiy Ra 226 02 5» yozuvli 250 gr radioaktiv moddani maxsus xaridorga 50 ming dollarga sotayotgan vaqtida ushlangan. 

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 252-moddasi 2-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilar belgilangan tartibda ushlangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Руслан Сабуров
Tayyorlagan Руслан Сабуров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid