Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moldovadan 98 nafar o‘zbekistonlikni Ruminiya orqali evakuatsiya qilish ishlari yakunlandi
2022 yil 10 mart kuni Moldovadan 98 nafar O‘zbekiston fuqarolarini Buxarest shahri (Ruminiya) aeroporti orqali evakuatsiya qilish ishlari yakunlandi.
Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, ulardan 17 nafari ayollar, 5 nafari voyaga yetmagan shaxslar va 4 nafari chaqaloqlardir.
Qayd etilishicha, Polsha hududida mamlakatning 220 nafarga yaqin fuqarosi, Ukraina-Polsha chegarasida esa 50 ga yaqin o‘zbekistonlik qolmoqda.
11 mart kuni bitta evakuatsiya reysi amalga oshirilishi rejalashtirilgan, deyiladi xabarda.
Bundan oldin Moldovada bo‘lgan 94 nafar o‘zbekistonlik Ruminiyadan evakuatsiya qilinishi ma’lum bo‘lgandi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025