Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatining 7 ta tumanida bir xil tipdagi issiqxonalar quriladi
Prezidentning “Issiqxona xo‘jaliklari faoliyatini samarali tashkil etish, ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Vazirlar Mahkamasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Bog‘dorchilik va issiqxonalarni rivojlantirish agentligi, Toshkent viloyati hokimligi, Kadastr agentligi, “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” davlat unitar korxonasi 2022-2023 yillarda davlat dasturlari doirasida hamda davlat qarzi evaziga jalb qilinadigan resurslar hisobidan:
- Toshkent viloyatining Zangiota, Ohangaron, Toshkent, Yuqori Chirchiq, Yangiyo‘l, O‘rta Chirchiq va Qibray tumanlarida 415 gektar sug‘oriladigan yer maydonlarida zamonaviy sanoat usulida bir xil tipdagi issiqxonalarni va logistika markazlarini qurish uchun salohiyatli tashabbuskorlarga ochiq elektron tanlovlar orqali ajratib berilishini;
- ochiq elektron tanlov natijasi bo‘yicha g‘olib deb topilgan tashabbuskorga ajratilgan maydonlarda “tayyor holda topshirish” mexanizmi asosida zamonaviy sanoat usulida bir xil tipdagi issiqxonalarni va logistika markazlarini qurib tadbirkorlarga topshirilishini ta’minlaydi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi bilan birgalikda 2022 yil 1 avgustga qadar:
- tadbirkorlarga mineral o‘g‘it, sertifikatlangan urug‘ va kimyoviy vositalari bilan savdo qiluvchi maxsus do‘konlarni ochishda amaliy yordam ko‘rsatadi;
- mineral o‘g‘it, urug‘ va kimyoviy vositalar sifatini tekshirish va o‘simliklar kasalliklarini aniqlash tizimini tashkil etish choralarini ko‘radi;
- issiqxona xo‘jaliklariga sifatsiz urug‘ va kimyoviy o‘g‘itlar yetkazib berilishini, mahalliy va xorijiy agronomlar tomonidan sifatsiz xizmatlar ko‘rsatilishini qisqartirish maqsadida elektron reyting tizimi joriy etadi;
- O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi grant mablag‘lari hisobiga meva-sabzavot mahsulotlarining fitosanitar holatini tahlil qilish, sifatini baholash, organik xavfsizligini ta’minlash, virus va zamburug‘li kasalliklarni, zararkunandalarni tezkor aniqlash, ularni bartaraf etish bo‘yicha ta’sirchan choralar ko‘rish hamda ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish maqsadida maxsus laboratoriya tashkil etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi.
- Belgilab qo‘yilishicha, 2024 yil 1 yanvarga qadar:
- zamonaviy issiqxona komplekslari, ularning butlovchi qismlari va gofralangan kardon idish ishlab chiqarishda foyda solig‘i, yagona soliq to‘lovi va qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkalari 50 foizga kamaytiriladi. Bunda, bo‘shaydigan mablag‘lar ishlab chiqarishni texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash, modernizatsiya qilish va rivojlantirish maqsadlariga yo‘naltiriladi;
- issiqxona xo‘jaliklari tomonidan to‘lanadigan mulk solig‘i stavkasi 50 foizga kamaytiriladi;
- O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan issiqxona asbob-uskunalari, xomashyo, materiallar, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar, kimyoviy preparat hamda himoya vositalari, o‘simliklarni changlatuvchi arilar uyalari (shmel) bojxona to‘lovlaridan ozod etiladi hamda qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi 50 foizga kamaytiriladi;
- issiqxona xo‘jaliklariga jihozlar, asosiy va yordamchi ishlab chiqarish uchun butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallar olib kirishda bojxona to‘lovlari hamda qo‘shilgan qiymat solig‘ini 120 kunga kechiktirish imkoniyati beriladi.
Mavzuga oid
20:37 / 26.05.2025
Toshkent viloyatida ichimlik va oqova suv xizmatlari narxi oshiriladi
18:52 / 21.05.2025
Toshkent viloyatida uyida yo‘lbars boqib kelgan shaxs aniqlandi
10:12 / 15.05.2025
Toshkent viloyatida 13 ta tarixiy yodgorlikka zarar yetkazildi
14:50 / 13.05.2025