O‘zbekiston | 14:37 / 14.03.2022
4719
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi vaqtincha Lvov shahriga ko‘chirildi

O‘zbekiston TIV rasmiy vakili mamlakatning Ukrainadagi elchixonasi vaqtincha Lvov shahrida joylashganini ma’lum qildi.

Foto: torange.biz

O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi vaqtincha Lvov shahriga ko‘chirildi. Bu haqda O‘zbekiston TIV rasmiy vakili Yusuf Qobuljonov ma’lum qildi.

«Elchixona diplomatlari tomonidan muntazam ravishda O‘zbekiston fuqarolarini evakuatsiya qilish ishlari davom etmoqda. Ukrainaning turli hududlarida joylashgan vatandoshlar bilan doimiy aloqalar o‘rnatilgan», deyiladi xabarda.

Elchixonaning elektron pochta manzili: [email protected].

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid