Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida tadbirkorning 230 mln so‘m kredit mablag‘ini o‘zlashtirgan shaxslar aniqlandi
Sut mahsulotlarini qayta ishlab chiqaruvchi 15 dona uskunani olib berishni va’da qilib, oilaviy korxonaga ajratilgan 230 mln so‘m kredit talon-taroj qilingan.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning xabar berishicha, Qibray tuman bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlari huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Tekshiruvda, “K.m.” MChJ rahbari F.M. va boshqalar oldindan til biriktirib, “O.a.” oilaviy korxonasi rahbari F.ning ishonchiga kirib, unga sut mahsulotlarini qayta ishlab chiqaruvchi 15 dona uskunani olib berishni va’da qilib, oilaviy korxonaga ajratilgan 230 mln so‘m kreditni “K.m.” MChJga o‘tkazishga erishib, uskunalarni yetkazib bermasdan, kredit mablag‘ini talon-toroj qilgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
20:37 / 26.05.2025
Toshkent viloyatida ichimlik va oqova suv xizmatlari narxi oshiriladi
19:26 / 26.05.2025
Andijonda tanishlari orqali 100 ming dollar kredit olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi
18:52 / 21.05.2025
Toshkent viloyatida uyida yo‘lbars boqib kelgan shaxs aniqlandi
10:12 / 15.05.2025