Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada «velosiped – do‘kon» yo‘lga qo‘yildi
Farg‘ona shahrida istiqomat qiluvchi Sardor Madg‘oziyev bir necha yillardan buyon kitob savdosi bilan shug‘ullanib keladi. Uning joylarda bir nechta kitob do‘konlari tarmog‘i faoliyat ko‘rsatadi. Yosh tadbirkor mahalliy ustalar yordamida sayyor kitob do‘konni velosipedga moslashtirib, aholini innovatsion usulda kitob bilan ta’minlashni yo‘lga qo‘ydi.
Tadbirkor anchadan buyon ko‘chma kitob do‘koni tashkil etish haqida o‘ylab yurardi. Bu maqsadda internet orqali rivojlangan davlatlarning tajribasini o‘rgandi va yangi loyihani ishlab chiqdi. Mahalliy ustalar yordamida sayyor kitob do‘koni velosipedga moslashtirildi.
Uning aytishicha, barcha xarajatlari bilan ixcham, har tomonlama qulay bo‘lgan do‘kon o‘n million so‘mga tushgan. Ayni kunlarda velosipedda harakatlanayotgan sayyor kitob tarmog‘i Farg‘ona shahrining aholi gavjum joylarida yurib, aholiga xizmat ko‘rsatmoqda.
Yosh tadbirkor aholi orasida qiziqish orta boshlagani bois «velosiped – do‘kon»lar sonini ko‘paytirmoqchi.
Mavzuga oid
17:02 / 15.05.2025
“Baribir shu yerga quramiz”– Farg‘ona shahrida bolalar maydonchasi o‘rniga “dom” qurilyapti
13:36 / 03.05.2025
Farg‘ona va Urumchi o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilyapti
17:21 / 28.04.2025
“Chuqurlarga to‘la ko‘cha” – Farg‘ona shahri markazidagi abgor yo‘l qachon ta’mirlanadi?
12:15 / 28.04.2025