Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Moskva va Kiyev Ukrainada urushni to‘xtatish rejasini ishlab chiqdi
OAV Rossiya va Ukraina muzokarachilarining pozitsiyalari yaqinlashayotgani haqidagi xabar bermoqda, gap xavfsizlik kafolatlari bilan mamlakatning neytral maqomi haqida ketmoqda.
Rossiya va Ukraina delegatsiyalari 15 punktdan iborat tinchlik kelishuvi ustida ishlamoqda. Bu haqda muzokaralarga aloqador bo‘lgan uchta manbaga asoslanib, The Financial Times gazetasi xabar tarqatdi.
Nashr ma’lumotiga ko‘ra, tomonlar muzokaralarda «jiddiy yutuqlar»ga erishishgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, kelishuv Ukraina NATOga a’zo bo‘lib kirish rejasidan voz kechishi, shuningdek qurolli kuchlarini qisqartirishga, o‘z hududida xorijiy bazalar va qurollarni joylashtirmaslikka rozi bo‘lishini nazarda tutadi.
Bunga javoban Rossiya qo‘shinlarini olib ketadi, shu bilan birga Kiyev o‘z ittifoqchilari - AQSh, Buyuk Britaniya va Turkiya tomonidan xavfsizlik kafolati bilan ta’minlanishi mumkin.
Manbalar, kelishuvning dastlabki varianti Ukrainada rus tilini himoya qilishni ham o‘z ichiga olishini aytishgan. Ukraina prezidenti ofisi maslahatchisi Mixail Podolyak FT muxbiri bilan suhbatda, til masalalari boshqa gumanitar muammolar qatorida «faqat Ukraina manfaatlari prizmasida muhokama qilinishi»ni aytgan.
Podolyakning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya bilan kelishuv rossiyalik harbiylar 24 fevral kungi bosqindan keyin egallangan hududlardan ketishini ham kafolatlashi kerak. Uning so‘zlaridan Qrim, DXR va LXR masalalari alohida muhokama etilishini tushunish mumkin.
FT nashri maqolani e’lon qilganidan keyin Podolyak ushbu materialning Rossiya tomoni qoralamasi asosida tayyorlanganini aytgan.
«Mazkur bosqichda tasdiqlashimiz mumkin bo‘lgan yagona harakat bu — o‘t ochishni to‘xtatish, rus qo‘shinlarining mamlakatdan chiqib ketishi va bir qator davlatlar tomonidan Ukraina xavfsizligining kafolatlanishi masalalari bo‘ladi», degan u.
- Chorshanba kuni Moskva ham, Kiyev ham kelishuv bo‘yicha progress kuzatilayotgani haqida ma’lum qilgan bo‘lsa-da, Ukrainadagi rasmiylar Rossiya prezidenti Vladimir Putin tinchlikka rozi ekaniga ishonishmayapti va Moskva kuchlarni qayta to‘plash va bosqinni davom ettirish uchun vaqtdan yutmoqchi bo‘layotganidan xavotirlanmoqda.
Mavzuga oid
19:31 / 17.01.2025
Kim g‘olib: Isroil yoki Hamas?
11:11 / 03.01.2025
Podolyak Rossiya bilan ehtimoliy muzokaralarni «illyuziya» deb atadi
10:40 / 16.08.2024
Podolyak: Kiyev sheriklari bilan Kursk yaqinidagi hujumni muhokama qilgan
21:31 / 08.08.2024