Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda 2022 yil mart oyi uchun ilgari kuzatilmagan darajada yomg‘ir yog‘di
Mart oyi boshlangandan beri respublikaning tog‘li va tog‘oldi hududlarida yog‘ingarchilik odatdagidan 2-3 marta ko‘p bo‘lgan. Toshkentda deyarli 2 oylik miqdorda yog‘ingarchilik yog‘gan. Kuchli yomg‘irlar 18 martdan keyin pasayishi kutilmoqda.
Gidrometeorologiya xizmati markazi ma’lumotiga ko‘ra, 2003, 2012 va 2021 yillarning mart oylarida ham juda yomg‘irli ob-havo bo‘lgan, ammo bu yilgi kabi jadal va davomiyligi uzoq muddatli yomg‘irlar ilgari kuzatilmagan.
Shimoliy hududlardan tashqari, respublikaning katta qismida yog‘ingarchilik miqdori oylik me’yordan sezilarli darajada ko‘p bo‘lgan.
Jadal yomg‘irning davomiyligi ham anomal bo‘lib, 5 martdan beri har kuni biroz tanaffus bilan yomg‘ir yog‘gan.
Eng kuchli yomg‘ir 11-15 mart oralig‘ida kuzatilgan. Shu kunlari respublikaning ayrim joylarida 25-40 mm, ba’zi tog‘li hududlarda 50-60 mm gacha yog‘ingarchilik bo‘lgan.
18 martdan so‘ng yog‘ingarchilik 2-4 kunga tanaffus qilishi kutilmoqda. Mart oyining oxirigacha kuchli va uzoq muddatli yomg‘ir yog‘ishi kutilmayapti.
Iqlimshunos olimlar fikricha, global isish yog‘ingarchilik ko‘payishiga olib kelmaydi. Biroq ular ekstremal ob-havo hodisalarining ko‘payishiga, shu jumladan, anomal quruq yoki anomal nam davrlarning takroriyligi ko‘payishiga olib keladi. Joriy yilning mart oyi buning yorqin tasdig‘idir.
Mavzuga oid
21:17 / 23.05.2025
Hindistonda kuchli yomg‘ir oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi
13:30 / 07.05.2025
O‘zbekistonda ilk bor yomg‘irni sun’iy yog‘dirish texnologiyasi sinab ko‘rilmoqda
18:30 / 13.04.2025
14 aprel kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
13:00 / 07.04.2025