O‘zbekiston | 18:58 / 18.03.2022
7003
2 daqiqa o‘qiladi

100 dan ortiq qadimiy kitobni noqonuniy ravishda poytaxtga olib kirayotgan shaxs ushlandi

Foto: YHXBB matbuot xizmati

Nexia-1 avtomashinasi ichidan 106 dona (hech qanday tegishli hujjati bo‘lmagan, diniy mazmundagi) arab yozuvida yozilgan qadimiy kitob aniqlangan. Bu haqda Toshkent viloyati YHXB xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, 17 mart kuni soat taxminan 10:00 larda Ohangaron tumanida joylashgan Chinor YPX maskanida xizmat olib borayotgan YPX xodimlari tomonidan, haydovchi M.A. boshqaruvida «Qo‘qon-Toshkent» yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan, shubhali ko‘ringan Nexia-1 rusumli transport vositasi to‘xtatilgan.

Foto: YHXBB matbuot xizmati

Tekshiruv davomida ushbu mashinada yo‘lovchi bo‘lgan, 1994 yilda tug‘ilgan fuqaro M.V. 106 dona (hech qanday tegishli hujjati bo‘lmagan, diniy mazmundagi) arab yozuvida yozilgan qadimiy kitobni Toshkent shahriga olib ketayotgani aniqlangan.

Foto: YHXBB matbuot xizmati

Hozirda mazkur holat yuzasidan tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Shuningdek, ekspertiza ham tayinlangan.

Абдували Қурбонов
Tayyorlagan Абдували Қурбонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid