Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston ikki oyda Qozog‘istondan 113 mln dollarlik bug‘doy sotib oldi
Qozog‘istondan import qilingan ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari miqdori ma’lum qilindi. Davlat statistika qo‘mitasi tegishli xabar bilan chiqdi.
Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga 2022 yil yanvar-fevral oylarida Qozog‘istondan import qilingan ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari hajmi bo‘yicha bug‘doy yetakchilik qilmoqda – 113,1 mln AQSh dollariga 436 ming tonna.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan mahsulotlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:
- bug‘doy uni – 51,3 ming tonna (15,9 mln AQSh dollariga);
- o‘simlik yog‘i – 12,3 ming tonna (14,6 mln AQSh dollariga);
- margarin mahsulotlari – 8,6 ming tonna (11 mln AQSh dollariga);
- qoramol go‘shti – 1,2 ming tonna (5,6 mln AQSh dollariga);
- arpa – 19,9 ming tonna (4,3 mln AQSh dollariga);
- makkajo‘xori – 12,8 ming tonna (3,4 mln AQSh dollariga);
- kartoshka – 12,6 ming tonna (2,4 mln AQSh dollariga).
Bundan avval O‘zbekiston Qozog‘iston va Rossiyaga 5,5 ming tonna pomidor yetkazib bergani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
10:40 / 28.05.2025
Oliy ta’lim tashkilotlarida qancha talaba tahsil olayotgani aytildi
11:13 / 27.05.2025
Qaysi hududda eng ko‘p nikoh qayd etilgani aytildi
13:07 / 26.05.2025
34 yilda umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari soni qanchaga oshgani aytildi
21:25 / 25.05.2025