Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Ukrainada ilk marta «Kinjal» aeroballistik raketasini ishlatdi
Rossiya armiyasi Ukarinada davom etayotgan harbiy harakatlarda ilk marta «Kinjal» aeroballistik raketasidan foydalandi. Bu haqda mamlakat Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.
«Harbiy operatsiya davomida Rossiya Havo kuchlari tomonidan ilk marta «Kinjal» gipertovushli aeroballistik raketasi qo‘llanildi. Uning yordamida Ivano-Frankovsk viloyatidagi yerosti o‘qdori ombori yo‘q qilindi», deyildi Rossiya Mudofaa vazirligi 19 mart tongida o‘tkazgan brifingda.
«Kinjal» qiruvchi samolyotdan turib tashlanadigan aeroballistik raketa hisoblanadi. Uni «Iskander» raketa kompleksining samolyotdan tashlanadigan ixcham ko‘rinishi ham deyishadi. Bu raketani to‘xtata oladigan havo hujumidan himoya vositasi borligi ma’lum emas. «Kinjal» belgilangan obektlar, harbiy kemalar va aviatashuvchilarni yo‘q qilishga mo‘ljallangan.
«MiG-31K» samolyoti «Kinjal» raketasining 1 tasini, «Tu-22M3M» samolyoti 4 tasini, TU-160 samolyoti 8 tasini olib ucha oladi.
2017 yil ro‘yxatga olingan «Kinjal» aeroballistik raketasi hozirgacha faqat sinov mashg‘ulotlarida ishlatilgan. Xususan, Arktika va Suriyada ham sinovdan o‘tkazilgan. Oxirgi sinov Rossiya harbiy operatsiyani boshlashidan 5 kun avval – 19 fevral kuni Putinning guvohligida o‘tkazilgandi.
Dunyoda gipertovushli raketaga egaligi haqida faqat Rossiya rasman e’lon qilgan. AQSh 2022 yil bunday turdagi raketani ishlab chiqarishni mudofaa kompleksining asosiy vazifalaridan biri deb belgilagan. Xitoy ham tovushdan tez uchuvchi bunday raketalarning muvaffaqiyatli sinovini o‘tkazgani aytiladi, ammo bu ma’lumotlar rasman tasdiqlanmagan.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025