Samarqandda bolalarga igna sanchib qo‘rqitgan tarbiyachiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqanddagi bog‘chalardan birida tarbiyachining bolalarga igna tiqib, ularni uxlashga majburlagani videosi tarqaldi. Aniqlanishicha, voqea Samarqand shahridagi “Golden Kids” xususiy bolalar bog‘chasida ro‘y bergan.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Videoda tarbiyachining bolalarni uxlatish uchun ularga igna sanchib chiqayotgani aks etgan. Holat kuzatuv kameralariga yozib olingan.
Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, voqea Samarqand shahridagi “Golden kids” xususiy bolalar bog‘chasida ro‘y bergan.
Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilganda, tarbiyachining Pastdarg‘om tumani “Chortut” MFYda yashovchi, 1992 yilda tug‘ilgan ayol ekani aniqlangan.
“Tarbiyachining u yerda tarbiyalanayotgan voyaga yetmaganlarga nisbatan sodir etgan harakatlari yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan JKning 110-moddasi 2-qismi “a”, “v” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda”, – deyilgan viloyat IIB xabarida.
Mavzuga oid

23:09 / 23.05.2025
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi

21:06 / 22.05.2025
Samarqand shahriga yangi prokuror tayinlandi

18:43 / 16.05.2025
Samarqandda maktab o‘quvchilarining janjali ulardan birining o‘limi bilan tugadi

12:02 / 11.05.2025