Samarqandda tarkibida oltin bo‘lgan ruda toshlarni noqonuniy qazib olish bilan shug‘ullanuvchi jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi
Rudalarni qayta ishlash jarayonida ular 339 million so‘mlik tabiiy gaz va elektr energiyasini talon-taroj qilgan.
Bu haqda viloyat IIB axborot xizmatining xabar berishicha, DXX Samarqand viloyati boshqarmasi hamda Paxtachi tumani IIB xodimlari bilan hamkorlikda Paxtachi tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, tarkibida oltin moddasi bo‘lgan ruda toshlarni noqonuniy qazib olish bilan shug‘ullanuvchi jinoiy guruh a’zolari faoliyatiga chek qo‘yilgan.

Jumladan, Paxtachi tumanida yashovchi, 1974 yilda tug‘ilgan M.X., 1985 yilda tug‘ilgan X.U. yashash xonadonlarida tarkibida oltin moddasi bo‘lgan taxminan 920 kilogramm ruda toshlar, 4 ta tosh yanchish tegirmoni, 2 ta maydalaydigan hamda uskuna va boshqa ashyoviy dalillar mavjudligi aniqlanib, hujjatlar rasmiylashtirilgan.
Rudalarni qayta ishlash jarayonida ular 339 million so‘mlik tabiiy gaz va elektr energiyasini talon-toroj qilgani aniqlangan.
Qayd etilishicha, hozirda, jinoiy guruh a’zolariga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atish rejalashtirilib, surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Paxtachi tumanida tarkibida oltin bo‘lgan rudalarni noqonuniy tarzda qayta ishlash holatiga chek qo‘yilgandi.
Mavzuga oid

21:01 / 10.02.2025
Oltinning rekord narxlari O‘zbekistonning zaxirasini salkam 43 mlrd dollarga yetkazdi

13:13 / 06.02.2025
1 gramm oltin narxi 95 dollardan oshdi

19:33 / 05.02.2025
Oltin izlovchi 12 ta kompaniya Navoiydagi 31 ta oltin uchastkasini sotib oldi

16:20 / 03.02.2025