Jahon | 15:30 / 20.03.2022
14340
2 daqiqa o‘qiladi

Ukrainada rossiyaparast partiyalar faoliyati to‘xtatildi

Foto: Getty Images

Ukraina milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi (SNBO) harbiy holat rejimi davrida Rossiya bilan aloqador bo‘lgan har qanday siyosiy partiyalar faoliyatini to‘xtatish bo‘yicha qaror qabul qildi. Bu haqda videomurojaati vaqtida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ma’lum qildi.

Taqiqlangan partiyalar ro‘yxatidan quyidagilar o‘rin olgan:

  • «Muxolifat platformasi — Hayot uchun» (Viktor Medvedchuk partiyasi)
  • «Shariy partiyasi»
  • «Nasha Ukraina» (Viktor Yushchenko partiyasi)
  • «Muxolifat bloki» (Yuriy Boyko partiyasi)
  • «So‘l muxolifat»
  • «So‘l kuchlar ittifoqi»
  • «Derjava»
  • «Ukraina progressiv sotsialistik partiyasi»
  • «Ukraina sotsialistik partiyasi»
  • «Sotsialistlar»
  • «Vladimir Saldo bloki».

«Siyosatchilarning bo‘linish yoki bosqinchilar bilan hamkorlikka yo‘naltirilgan har qanday faoliyati muvaffaqiyatga erishmaydi, aksincha keskin javob oladi. Har bir kishi davlatchilik manfaatlari, Ukraina manfaatlari haqida qayg‘urishi kerak. Biz uchun, hayot uchun», — degan Zelenskiy.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid