Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Turkiyadan Rossiyadan sotib olgan S-400 majmualarini Ukrainaga jo‘natishni so‘ramoqda
Evaziga Anqaraga qo‘yilgan sanksiyalar bekor qilinishi va’da qilinmoqda.
AQSh Turkiya bilan Anqara Rossiyadan sotib olingan havo hujumidan mudofaa qiluvchi S-400 majmualarini Ukrainaga berishi bo‘yicha muzokara o‘tkazmoqda. Pentagon vakili bu ma’lumotni Sky News Arabia telekanaliga tasdiqladi.
Pentagon vakilining so‘zlariga ko‘ra, Anqaraga Turkiyadan Amerika sanksiyalari yechilishi hamda F-35 qiruvchi samolyotlarni ishlab chiqarish dasturiga qaytishi evaziga S-400dan voz kechib, ularni Ukrainaga jo‘natish taklif etilmoqda.
Reuters agentligi manbasi Turkiya hukumati bunday kelishuvga rozi bo‘lishi qiyinligi, mamlakat Moskva bilan munosabatlarni buzishni istamasligini qayd etgan.
- Turkiya 2017 yilda Rossiyadan 2,5 milliard dollar evaziga C-400 tizimlarini sotib olishini e’lon qilgan, birinchi partiya oradan ikki yil o‘tib yetkazib berilgandi. NATO davlatining bunday qarori AQSh tomonidan keskin tanqidga uchragandi — Anqaraga qarshi sanksiyalar joriy etilgan, shuningdek, Vashington Turkiyani F-35 qiruvchi samolyotlarini ishlab chiqarish dasturidan chiqarib yuborgan va buni qiruvchi samolyotlar «Rossiya razvedka ma’lumotlarni yig‘ish platformasi yaqinida joylashishi mumkin emasligi» bilan izohlagandi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
20:37 / 27.05.2025