Jahon | 14:35 / 22.03.2022
5997
2 daqiqa o‘qiladi

BMT: Ukrainada urush boshlanganidan buyon tinch aholi orasidagi qurbonlar soni mingga yaqinlashdi

BMTning Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi qurbonlarning haqiqiy soni bundan ancha ko‘p bo‘lishi mumkinligini qayd etgan.

Foto: Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA

Ukrainada urush boshlanganidan buyon tinch aholi vakillaridan kamida 925 kishi halok bo‘lgan va yana 1496 nafar odam turli darajada tan jarohatlari olgan. Bu haqda BMTning Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi xabar berdi. 

Qurbonlarning —183 nafari erkak, 137 nafari ayol, 11 nafari qizlar va 25 nafari bolalar. Shuningdek, 39 nafar bola va 530 nafar jinsi hali aniqlashtirilmagan kattalar.

Lugansk va Donetsk oblastlari hududida 256 kishi halok bo‘lgan, shundan 55 nafari — o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan va tan olinmagan «LXR» va «DXR» hududida. 

Ukrainaning boshqa hududlari — Kiyev, Cherkass, Chernigov, Xarkov, Xerson, Nikolayev, Odessa, Sumi, shuningdek Zaporojye, Dnepropetrovsk va Jitomir oblastlarida — urush boshidan buyon tinch aholi vakillaridan 669 kishining o‘limi qayd etilgan. 

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, 1496 nafar yaralanganlarning 163 nafari erkak, 124 nafari ayol, 22 nafari qiz va 17 nafari yigit, 60 nafari bola va 1110 nafar yaradorning jinsi va yoshi hali aniqlashtirilmagan.

Tashkilot qurbonlarning haqiqiy soni bundan ko‘p bo‘lishi mumkinligini taxmin qilgan. Boshqarmadagilar qurbonlarning aksari ta’sir doirasi katta bo‘lgan snaryadlar kelib tushishi tufayli halok bo‘lganini qayd etgan — turar joy binolari og‘ir artilleriyadan o‘qqa tutilishi, shuningdek raketa zarbalari va aviatsiya zarbalari oqibatida.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid