Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mass-media fondi va Meta kompaniyasi o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi
Mass-media fondi direktori Nozima Davletova Meta kompaniyasining boshqaruvchi direktori hamda Katta Xitoy, Mo‘g‘uliston va Markaziy Osiyo mamlakatlari davlat siyosati masalalari bo‘yicha rahbari Jorj Chen bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi.
“Uchrashuvda hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirish bilan bog‘liq qator muhim masalalar muhokama qilindi”, deyiladi Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi xabarida.
Xabarga ko‘ra, shuningdek, TIV va O‘zbekistonning xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari xodimlari uchun raqamli diplomatiya bo‘yicha vebinar o‘tkazish mavzusi ham atroflicha muhokama qilindi.
Qayd etilishicha, ushbu vebinar diplomatlarimizga xalqaro axborot makonida kengroq auditoriyani qamrab olish va mamlakat manfaatlarini samarali ilgari surish maqsadida ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishning eng samarali ko‘nikmalarini egallash imkonini beradi.
“Vebinarning o‘tkazilishi Fond va Meta o‘rtasidagi amaliy hamkorlikning birinchi qadami bo‘ladi”, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
17:55 / 23.04.2025
Yevrokomissiya Apple va Meta’ni 700 mln yevro jarimaga tortdi
18:27 / 18.04.2025
Meta Tsukerbergning xavfsizligi uchun 2024 yilda 14 mln dollar sarfladi
16:39 / 12.04.2025
Instagram o‘smirlar uchun ba’zi cheklovlarni joriy qiladi
22:22 / 17.02.2025