O‘zbekiston | 16:50 / 23.03.2022
8332
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev 24 mart kuni Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etadi

Foto: Prezident matbuot xizmati

24 mart kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etadi. Davlat rahbari forumning yalpi sessiyasida nutq so‘zlaydi. 

Tadbirda YTTB prezidenti Odil-Reno Basso, Osiyo taraqqiyot banki prezidenti Masatsugu Asakava, Saudiya Arabistoni podshohligi investitsiyalar vaziri Xolid al-Falih, Jahon savdo tashkiloti vitse-prezidenti Syanchen Chjan, Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki vitse-prezidenti Konstantin Limitovskiy, Xalqaro moliya korporatsiyasi vitse-prezidenti Stefani fon Friderburg ham qatnashadi.

Prezident ishtirokidagi sessiyada BBC World News xalqaro telekanalida yangiliklar boshlovchisi sifatida tanilgan, hozirda esa Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining kommunikatsiya masalalari bo‘yicha direktori lavozimida faoliyat yuritayotgan Jonatan Charlz moderatorlik qiladi.

Bugun esa davlat rahbari Tatariston prezidenti Rustam Minnixanov boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasini qabul qiladi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid