Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina tashqi ishlar vaziri YeI mamlakatlarini Rossiya gaziga rublda pul to‘lamaslikka chaqirdi
Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya gazining «do‘stona bo‘lmagan davlatlar»ga eksporti uchun to‘lov rublda amalga oshirilishini aytgandi.
Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba Yevropa davlatlarini Moskvaning Rossiya nefti va gazi uchun to‘lovni rublda amalga oshirish to‘g‘risidagi talabini bajarmaslikka chaqirdi.
«Agar YeIning biror mamlakati Putinning neft va gaz uchun rublda pul to‘lash to‘g‘risidagi kamsituvchi talabini bajarsa, bu bir qo‘li bilan Ukrainaga, ikkinchi qo‘li bilan ruslarga ukrainlarni o‘ldirishda yordam berish bilan barobar», - deb yozdi Kuleba Twitter sahifasida.
U shuningdek, Yevropa mamlakatlarini «oqilona va mas’uliyatli tanlov» qilishga chaqirdi.
Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya gazining «do‘stona bo‘lmagan davlatlar»ga eksporti uchun to‘lov rublda amalga oshirilishini ma’lum qilgandi.
Uning bu bayonotidan so‘ng Yevropada gaz narxi keskin ko‘tarildi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025