Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YUNISEF: Ukrainadagi bolalarning yarmidan ko‘prog‘i o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lgan
Ukrainadagi urushning birinchi oyi mobaynida ukrainalik 7,5 million boladan 4,3 millioni o‘zi yashab turgan hududlardan ketishiga to‘g‘ri kelgan. Bu haqda BMTning bolalar fondi (YUNISEF) ma’lum qildi.
Bu 4,3 million boladan 1,8 million nafari Ukrainadan ketishga majbur bo‘lgan, yana 2,5 million nafari o‘z uyini tark etgan bo‘lsa-da, mamlakat ichkarisida qolmoqda.
«Bu urush Ikkinchi jahon urushi davridan buyon bolalarning eng tez keng ko‘lamli ko‘chishlariga sabab bo‘ldi», — degan YUNISEF ijrochi direktori Ketrin Rassel.
Ukraina bosh prokurori ofisining 24 mart kungi ma’lumotiga ko‘ra, urush boshlanganidan buyon 128 bola halok bo‘lgan, 170 nafardan ortig‘i yaralangan. BMTning inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi 23 mart kuni Ukrainada 81 bola o‘limi to‘g‘risida xabar bergandi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025