Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Igor qutqaruvchi rolida qaytdi. Qirg‘iziston munosib qarshilik ko‘rsatgan derbidan 50ta foto
25 mart kuni ilk bor tashkil etilgan «Navruz Cup» turnirida yarimfinal bahslari bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston milliy jamoasi Namangandagi markaziy stadionda 15 mingga yaqin muxlis qarshisida Qirg‘iziston bilan to‘qnash keldi.
Qaynoq atmosferada o‘tgan Markaziy Osiyo derbisida mehmonlar forvardi Mirlan Murzoyev tezkor gol bilan hisobni ochdi. Shundan so‘ng «oq bo‘rilar» bir qancha imkoniyatlarga ega bo‘lib, foydalana olishmadi. 65-daqiqadagina Eldor Shomurodov muvozanatni tikladi. O‘yin penaltilar seriyasiga qarab ketayotganda esa zaxiradan maydonga tushgan Igor Sergeyev katta sahnaga chiqdi. O‘z vaqtida muxlislar «yoqimtoyi»ga aylanib qolgan hujumchi 6 daqiqa (85, 90+1) ichida dublga erishib, qutqaruvchi vazifasini a’lo darajada uddaladi va stadionga kelgan tomoshabinlarning olqishiga sazovor bo‘ldi.
Srechko Katanets jamoasi 29 mart kuni finalda Tojikistonni mag‘lub etgan Ugandaga qarshi maydonga chiqadi.
Quyida Qirg‘iziston jiddiy qarshilik ko‘rsatgan derbidan olingan eng sara 50ta fotosuratni tomosha qilishingiz mumkin.
Boymirza Xalilov olgan suratlar
Mavzuga oid

07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi

16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi

20:42 / 20.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi

20:07 / 20.05.2025