O‘zbekiston | 11:55 / 26.03.2022
2040
2 daqiqa o‘qiladi

Jizzaxda sodir bo‘lgan YTHda samarqandlik yo‘lovchi vafot etdi

Haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida Nexia mashinasi yo‘l chetiga ag‘darilib ketgan.

Jizzax viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 22 mart kuni M-39 Almati-Toshkent-Termiz xalqaro avtomobil yo‘lining Sharof Rashidov tumani “Xayrobod” mahalla fuqarolar yig‘inidan o‘tuvchi 997-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Samarqand viloyati Ishtixon tumani “Buloqboshi” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi shaxs Nexia bilan harakatlanib ketayotib boshqaruvini yo‘qotgan va mashina yo‘l chetiga ag‘darilib ketgan.

Oqibatda mashina salonida bo‘lgan Samarqand viloyati Ishtixon tumani “Fayzobod” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaro og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan.

Yana bir yo‘lovchi, Samarqand viloyati Past Darg‘om tumani “Chimyobot” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaro o‘ng jag‘ sohasining yopiq sinishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Mavzuga oid