O‘zbekiston | 14:09 / 27.03.2022
31095
4 daqiqa o‘qiladi

Davlat bojxona qo‘mitasi raisiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi, hududiy boshqarmalarda ham o‘zgarishlar

Davlat bojxona qo‘mitasi rahbariyatida o‘zgarishlar ro‘y berdi, shuningdek, beshta hududda bojxona boshqarmalariga yangi rahbarlar, sakkiz viloyatda boshqarma boshliqlariga o‘rinbosarlar tayinlandi.

O‘zbekiston prezidentining tegishli qaror va farmoyishlari bilan Davlat bojxona qo‘mitasi rahbariyati va bir qator hududiy bojxona boshqarmalari rahbariyatida muhim tayinlovlar amalga oshirildi. Davlat bojxona qo‘mitasi raisining ikki o‘rinbosari lavozimga tayinlangan, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Namangan, Toshkent, Xorazm va Andijon viloyatlari bojxona boshqarmalarida yangi boshliqlar ish boshlagan.

Ilhom Muxtorov Davlat bojxona qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

U 2021 yil fevralidan shu kungacha ushbu lavozimda vaqtincha bajaruvchi sifatida faoliyat yuritayotgandi.

Otabek Ibragimov Davlat bojxona qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Shu kungacha u Prezident Administratsiyasining mas’ul xodimi sifatida faoliyat yuritgan.

Mutalibjon Soliyev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Davlat bojxona qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

U endi Namangan viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib xizmat qilib kelayotgan Olimjon Hamidjanovich Hojimatov Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i;

Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i vazifasida xizmat qilib kelayotgan Ilhombek Bozorboyevich Kazakov Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi boshlig‘i;

Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari vazifasida xizmat qilib kelayotgan Maqsudbek Rahimberganovich Qilichov Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i;

Toshkent shahar bojxona boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari vazifasida xizmat qilib kelayotgan Baxtiyor Shavkatovich Muratov Andijon viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. 

Toshkent shahar bojxona boshqarmasining «Ark buloq» tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti boshlig‘i vazifasida xizmat qilib kelayotgan G‘ayrat Farhodovich Nosirov «Toshkent-AERO» ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi boshlig‘i etib tayinlandi.

Shuningdek, Davlat bojxona qo‘mitasi raisining shaxsiy tarkib bo‘yicha navbatdagi buyrug‘iga binoan, bir qator hududiy bojxona boshqarmalari boshliqlariga o‘rinbosarlar tayinlandi.

Nurmuxamed Jamgirbayevich Osmanov Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari etib tayinlandi.

Erkin Ismatilloyevich Rahmatov Navoiy viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari etib tayinlandi.

Ilhom Oralbayevich Seydemetov Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari etib tayinlandi.

Sohibjon Olimjonovich Qurbonov Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari etib tayinlandi.

Akmaljon Mahkamovich Hasanov Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari etib tayinlandi.

Nodirbek Nohidjonovich Usmonov Andijon viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari etib tayinlandi.

Botirali Sobirjonovich Tolipov Andijon viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari etib tayinlandi.

Javlonbek Sa’dullayevich Davletov Jizzax viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari etib tayinlandi.

Mavzuga oid