Qoraqalpog‘iston va Buxoroda yer sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
Qoraqalpog‘istonda 10 sotixni yerni 10 ming, Buxoroda esa 1 sotix yerni 2 ming AQSh dollariga sotmoqchi bo‘lganlar qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, departamentning To‘rtko‘l tumani bo‘limi tomonidan DXX va IIB bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda fuqaro Sh.A. boshqa bir fuqaro F.ning ishonchiga kirib, tuman hududidan 10 sotix yer maydonini ajratib berilishini ijobiy hal qilib berishni 10 000 AQSh dollariga kelishgan. Shundan 9 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Xuddi shunday, Departamentning Buxoro viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Davlat kadastrlari palatasining Buxoro viloyat boshqarmasi sobiq mutaxassisi S.K. fuqaro N.ning ishonchiga kirib, o‘z xizmat faoliyati davomida Buxoro shahar hokimligi zaxirasidan 1 sotix yer maydonini rasmiylashtirib berish evaziga 2 000 AQSh dollarini qo‘lga kiritganligi aniqlangan. Tadbir jarayonida 100 AQSh dollarini qaytargan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Oldinroq Jizzax va Namangan viloyatlarida fermer xo‘jalik yerini, Sirdaryo viloyatida esa “Yoshlar mehnat guzari” uchun ajratilgan yer maydonining bir qismini sotmoqchi bo‘lganlar ushlangandi.
Mavzuga oid
11:09 / 08.11.2024
Andijonda kottejlar qurish uchun yer hujjatini rasmiylashtirib berish evaziga 230 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi
10:19 / 08.11.2024
“Tanish-bilish o‘tmaydi” – Kadastr agentligi direktori yerga egalik huquqini olishda firibgarlarga aldanmaslikka chaqirdi
20:28 / 01.11.2024
Fermer endi yerga ijara huquqini sotishi mumkin – savollarga javoblar
14:20 / 24.10.2024