Jahon | 14:32 / 28.03.2022
31772
5 daqiqa o‘qiladi

Yetim bolalar evakuatsiyasi va yer bilan bitta qilingan cherkov. Urush suratlari

Urush boshlanganidan buyon 32 kun o‘tdi. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, bu vaqt mobaynida mamlakatni 3,8 milliondan ortiq kishi tark etib ulgurdi. Mariupol aholisining yarmidan ortig‘i shaharni tashlab ketishga majbur bo‘lgan — 540 mingdan ortiq kishi yashagan shahar oy boshidan buyon qamalda qolmoqda. Vladimir Zelenskiy ukrainaliklarga harbiylarning harakati aks etgan foto va videolarni tarqatishni taqiqlovchi qonun qabul qildi. Ukraina hududlari bo‘ylab havo hujumidan ogohlantiruvchi trevogalar yangrashi davom etmoqda. Chernobil AES joylashgan hududda o‘n ming gektar maydondagi o‘rmonlar yonmoqda.

Zaporojye oblastining Pologi shahridagi bolalar uyidan evakuatsiya qilingan bola. Rossiya armiyasi nazoratidagi ushbu shahardan 30 nafarga yaqin bola o‘z tarbiyachilari bilan birga olib chiqilgan.
Roman Pilipey / EPA / Scanpix / LETA

So‘nggi soatlardagi asosiy yangiliklar:

  • Ukraina prezidenti rossiyalik harbiylar tomonidan o‘g‘irlab ketilgan merlarning ayrimlari jonsiz holda topilgani haqida ma’lum qildi.
  • Rossiyaliklarga Facebook va Instagram’dan foydalanish taqiqlanmaydi. Bu ushbu ijtimoiy tarmoqlarning bosh kompaniyasini «ekstremistik tashkilot» deb topgan sud qarorida ko‘rsatilgan.
  • Ukraina prezidenti RF hukumatining uning intervyusi Rossiya nashrlarida e’lon qilinishiga qarshilik ko‘rsatganiga munosabat bildirdi: «Agar bu shu qadar fojiali bo‘lmaganida, kulgili bo‘lgan bo‘lardi».
  • Germaniya kansleri Olaf Shols NATO tinchlikparvar kuchlari Ukrainaga jo‘natilishi va mamlakat osmoni yopilishiga qarshi chiqdi.
  • Urush boshlanganidan buyon Ukrainada 143 bola halok bo‘lgan, 216 bola yaralangan.
  • Ukraina qurolli kuchlari Bosh shtabi Donbassda dushmanning besh hujumi qaytarilgani, Kiyevga hujum davom etayotganini, o‘tgan kunda Ukraina tomoni rossiyaliklarning to‘rt samolyoti, bir vertolyoti, ikki droni va ikki qanotli raketasi yo‘q qilinganini ma’lum qilgan.
  • Rossiya mudofaa vazirligi Rossiya aviatsiyasi Ukrainaning 36ta harbiy obekti yo‘q qilingani, 5ta samolyoti, 19ta droni va beshta raketasi urib tushirilganini ma’lum qilgan.
Zaporojyedagi evakuatsiya puntidagi doska. Unda bedarak yo‘qolgan ukrainaliklar haqidagi ma’lumotlar bitilib, ko‘ngillilardan ularni topishda yordam so‘ralgan. Foto: Roman Pilipey / EPA / Scanpix / LETA
Drobitskiy Yar memorial kompleksi hududi rossiyalik harbiylar hujumidan keyin. Suratda — Ikkinchi jahon urushida yahudiylar genotsidi sodir bo‘lgan joyda o‘rnatilgan Menor yodgorligi.
Sergey Bobok / AFP / Scanpix / LETA
Hududiy mudofaa kuchlari jangchilari Kiyevdagi nazorat punktida isinmoqda.
Rodrigo Abd / AP / Scanpix / LETA
Kiyev oblastidagi Bishev qishlog‘i Rossiya armiyasi hujumidan keyin
Rodrigo Abd / AP / Scanpix / LETA
Xarkovdagi cherkovning rossiyalik harbiylar hujumidan keyingi ko‘rinishi. Foto: Felipe Dana / AP / Scanpix / LETA
Luganskdagi Trexizbenka posyolkasida o‘ynayotgan bolalar. Nariroqda rossiyalik harbiy turibdi.
Sergei Ilnitsky / EPA / Scanpix / LETA
Ukrainalik harbiy yonib ketgan to‘shak qoldig‘ini tepmoqda. Fonda — rossiyaliklarning yonib ketgan tanki. Stoyanka, Ukraina
Vadim Ghirda / AP / Scanpix / LETA
Lukyanovka qishlog‘idagi huvillab qolgan maydon ko‘rinishi. Mahalliy aholi vakillari so‘zlariga ko‘ra, urushga qadar bu yerda ibodatxona bo‘lgan, endi esa u rossiya tanklari tomonidan vayron etilgan. Kiyev oblasti.
Serhii Nuzhnenko / Reuters / Scanpix / LETA
Mariupoldagi ko‘p qavatli uy hovlisidagi avtoturargohda yonib ketgan avtomobillar
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Odessadagi bozorda protivogazni ko‘zdan kechirayotgan ayol
Stepan Franko / EPA / Scanpix / LETA
Ukrainalik harbiy xizmatchi Xarkovdagi regional shtabning vayron bo‘lgan binosi hovlisida
Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA
Xarkov aholisi maktab yerto‘lasidagi bombapanagohda. Bu yerda ular bir oydan ortiq vaqt davomida qolishmoqda
Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA
Komendantlik soati vaqtidagi tekshiruv. Xarkov
Felipe Dana / AP / Scanpix / LETA
Yaqinda rossiyalik harbiylardan qaytarib olingan Lukyanovka qishlog‘i aholisi vakili ukrain tanki yaqinidagi skameykada o‘tiribdi.
Serhii Nuzhnenko / Reuters / Scanpix / LETA
Ayollar hujumga uchragan maktabni tozalashmoqda, Xarkov.  REUTERS/Thomas Peter
Mariupollik 70 yoshli Valentina Demura vayron bo‘lgan uyi yonida. U endi qo‘shnilarinikida yashashga majbur bo‘lmoqda.
REUTERS/Alexander Ermochenko
 Odessadan evakuatsiya qilinayotgan bola yuziga Ukraina bayrog‘i ranglarini chizib olgan. REUTERS/Nacho Doce
Harbiylar uchun taom pishirayotgan musiqachilar va olimlar

Mavzuga oid