O‘zbekiston | 18:52 / 29.03.2022
26175
2 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an Toshkentga yetib keldi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an 29 mart kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Toshkentga tashrif buyurdi.

Foto: Anadolu

Erdo‘g‘an va uning rafiqasini Toshkent xalqaro aeroportida prezident Mirziyoyev va uning rafiqasi kutib oldi.

Tashrif “Yangi O‘zbekiston” bog‘i bilan tanishishdan boshlandi. Martabali mehmon Mustaqillik monumenti poyiga gulchambar qo‘ydi. Shundan so‘ng Ko‘ksaroy qarorgohida rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ma’lum qilinishicha, bu xorijiy davlat rahbari tashrifi chog‘ida “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida o‘tkazilgan birinchi shunday marosim bo‘ldi va kelgusida an’anaga aylanadi.

Tashrif doirasida oliy darajadagi O‘zbekiston–Turkiya strategik sheriklik kengashining 2-yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Sammit yakunida qo‘shma bayonot va qator ikki tomonlama hujjatlar qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Erdo‘g‘anning 2018 yildagi Toshkentga tashrifi vaqtida O‘zbekiston–Turkiya strategik sheriklik kengashi tuzishga kelishib olingan edi. Kengashning ilk yig‘ilishi 2020 yilda Anqarada bo‘lib o‘tdi.

Prezident matbuot xizmati e’lon qilgan suratlar

 

Mavzuga oid