O‘zbekiston | 17:41 / 04.04.2022
1003
1 daqiqa o‘qiladi

Parkent tumanida soxta kadastr hujjatini taqdim etgan firibgar aniqlandi

U soxta ma’lumotlar asosida noturar joyni turar joy toifasiga o‘tkazib, qalbaki hujjatlarga asosan kadastr hujjatlarini tayyorlab berganligi aniqlangan. Bu haqda prokuratura huzuridagi departament xabar bermoqda.

Foto: Prokuratura departamenti

Qayd etilishicha, departamentning Parkent tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro B.E. ukasi B.X.ga tegishli Zarkent qishlog‘i hududida joylashgan 16,5 sotix noturar joyni fuqaro A.ga kelgusida turar joy toifasiga o‘tkazib berish sharti bilan 21 500 AQSh dollariga sotib, belgilangan tartibga zid ravishda tanishlari yordamida soxta ma’lumotlar asosida ushbu noturar joyni turar joy toifasiga o‘tkazib, qalbaki hujjatlarga asosan kadastr hujjatlarini tayyorlab berganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq, Ohangaron tumani hokimligi xodimi 20 ming dollar bilan ushlanganligi xabar qilingan edi.

Абдували Қурбонов
Tayyorlagan Абдували Қурбонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid