Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda uchta mashina ishtirokida sodir bo‘lgan YTHda Cobalt va uning yo‘lovchisi yonib ketdi
Hozirda ushbu YTH yuzasidan Termiz shahar IIO FMB tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Surxondaryo viloyati IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 3 aprel kuni soat 20:55larda Termiz shahridagi At-Termiziy ko‘chasida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
1998 yilda tug‘ilgan haydovchi S.M. boshqaruvida bo‘lgan Toyota miniveni, 1995 yilda tug‘ilgan Sh.M. boshqaruvida bo‘lgan Nexia-3 hamda 1992 yilda tug‘ilgan haydovchi B.Sh. boshqaruvidagi Sobalt mashinalari o‘zaro to‘qnashgan.
To‘qnashuvda har uch mashina shikastlangan va Sobalt mashinasida yong‘in yuzaga kelgan. Oqibatda unda yo‘lovchi sifatida ketayotgan 1985 yilda tug‘ilgan B.J. halok bo‘lgan.
Yong‘in haqida soat 21:00da viloyat FVBga xabar berilgan. Soat 21:11da yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Haydovchilarga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Qayd etilishicha, hozirda ushbu YTH yuzasidan Termiz shahar IIO FMB tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Avvalroq Zomin tumanida sodir bo‘lgan YTHda 8 kishi, Qashqadaryoda sodir bo‘lgan YTHda 4 kishi halok bo‘lgandi.
Mavzuga oid
16:23 / 29.07.2024
Volgograd oblastida yo‘lovchi poyezd yuk mashina bilan to‘qnashdi
15:50 / 27.07.2024
AQShda 38 yashar o‘zbekistonlik trakchi YTH tufayli vafot etdi
13:07 / 27.07.2024
Qamchiq dovonida 3 ta yuk avtomobili va Mercedes-Benz Sprinter ishtirokida YTH yuz berdi
07:35 / 27.07.2024